Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

26.03.2021

Qirg‘iz Respublikasi hukumati rahbari “IT Park” majmuasida bo‘ldi

Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi “IT Park” majmuasiga tashrif buyurdi.

25.03.2021

TATUda yangi bakalavriat yo‘nalishi ochiladi

Vazirlar Mahkamasining «Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Raqamli kutubxona»sini (Digital library) tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

25.03.2021

Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv jarayon onlayn tizimda davom etmoqda

Ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi Inha universiteti ikki hafta muddatga karantinga yopildi. Bir nafar talabada koronavirus aniqlanganligi sabab deb vahima uyg‘otuvchi informatsiyalar tarqatildi.Shundan kelib chiqib shuni ma’lum qiladiki, haqiqatda joriy yilning 20 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining ikkinchi bosqich talbasi COVID -2019 virusga topshirgan test javobi ijobiy natija chiqqanlig

24.03.2021

O‘yin yaratish bo‘yicha “GameDev Goethe” inkubatorining ishtirokchilari uchun Open Air tashkil etiladi.

27-mart kuni soat 16:00 da Toshkent shahridagi Gyote institutida IT Park ko‘magida Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan o‘yin yaratish bo‘yicha “GameDev Goethe” inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimi doirasida inkubator ishtirokchilari uchun Open Air tashkil etiladi.

23.03.2021

“Navro‘z–qadriyatlar qadr topgan bayram” – “Navro‘z” umumxalq bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi butun o‘zbek xalqini yangi kun, yangi, yangilanish va yasharish fasli – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etadi.

21.03.2021

AKT vaziri soha nashri hodimlari bilan uchrashdi

21-mart kuni «Xabar» gazetasining ilk soni chiqqan kun. Bundan 29 yil oldin respublika bosma nashrlari qatoriga «Xabar» ham qo‘shilgandi. O‘shandan buyon gazeta axborot texnologiyalari sohasini yoritib kelmoqda.

20.03.2021

“Future Skills Uzbekistan” loyixasiga Respublikada birinchi bo‘lib Sirdaryo viloyatida start berildi

IT Park Sirdaryo filialida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda IT-Park masʼul xodimlari tomonidan bo‘lajak IT-mutaxassislari uchun loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda “Future Skills Uzbekistan” loyihasiga jalb qilingan 35 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

19.03.2021

Milliy onlayn savdo maydonchasi o‘z faoliyatini boshladi

Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes rivojiga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bois tez fursatlarda rivojlanib bormoqda. Bu kabi rivojlanishlarga “O‘zbekiston pochtasi” АJ ham o‘z xissasini qo‘shish hamda respublikamizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xaridorgirligini oshirish maqsadida milliy onlayn savdo maydonchasini yaratish ustida tashkiliy ishlarni olib bordi.

18.03.2021

Qashqadaryo viloyatida “Hack4Region” xakatoni o‘tkaziladi

2021 yil 27-28 mart kunlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) va Qashqadaryo oliy ta’lim muassasalari ko‘magida "Hack4Region" xakatonini o‘tkaziladi.

17.03.2021