Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Davlat nazorati
19.04.2017

Hurmatli litsenziya talabgori! Sizdan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy sayti orqali Litsenziya olish uchun arizalarni topshirish va ko'rib chiqish tartibi haqida diqqat bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy sayti orqali yuborilgan Litsenziya olish uchun arizalarni topshirish va ko'rib chiqish tartibi.

1.Ushbu veb-resurs litsenziyaga talabgorlardan telekommunikatsiya sohasida litsenziyalar olish uchun hujjatlarning qabul qilinishi va litsenziya beruvchi organ qarorlarini qabul qilish bo'yicha bildirish xatlarining jo'natilishini amalga oshirishning maqbul varianti hisoblanadi.

2. Ushbu veb-resurs orqali mahalliy, shaharlararo, xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatish, shuningdek, teleradiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va ma'lumotlar uzatish tarmoqlaridan tashqari, shaxsiy tarmoqni (Internet kafe) yaratish huquqisiz ma'lumotlar uzatish tarmoqlarining xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha litsenziyalar olish uchun hujjatlarni taqdim etish mumkin.

3. Teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va ma'lumotlar uzatish tarmoqlari bo'yicha litsenziya olish uchun arizalarni topshirish va ko'rib chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 iyuldan 293-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Veb-resursga kelib tushgan elektron ko'rinishdagi hujjatlar avtomatik ravishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish bo'limiga yuboriladi.

5.3. litsenziyaga talabgor tomonidan litsenziya beruvchi organ arizani ko'rib chiqishi uchun eng kam ish haqining ikki barobari miqdoridagi yig'im to'langanligini tasdiqlaydigan hujjat:

5.4. asosiy telekommunikatsiya texnik vositalarining xarakteristikalari, radiochastotalar diapazonlari va nominallarini ko'rsatgan holda (ulardan foydalanishda) ushbu texnik vositalar ro'yxati (egalik qilish huquqlari yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo'lgan);

5.5. loyiha, qurilish ishlarini o'tkazish uchun zarur (egalik qilish huquqlari yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo'lgan) texnik vositalar ro'yxati;

5.6. loyiha, qurilish ishlarini o'tkazish uchun zarur normativ- huquqiy hujjatlar ro'yxati;

5.7. tarmoqni tashkil etish va rivojlanishini prognoz qilish rejasi, belgilangan shakl bo'yicha bajariladigan ishlarga bog'liq holda boshqa zarur ma'lumotlar (abonentlar, shaharlararo, xalqaro stantsiyalar portlari, ma'lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari, qamrab olish zonalarining miqdori va muayyan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar); 5.8. oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish bo'yicha mutaxassislar mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;

5.9. tegishli organlarning ob'ektning sanitariya normalari talablariga muvofiqligi to'g'risida xulosasi;

5.10. tegishli organlarning ob'ektning yong'indan saqlash normalari talablariga muvofiqligi to'g'risida xulosasi;

5.11. tegishli organlarning ob'ektni qo'riqlash tadbirlari talablariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosasi;

5.12. O'zbekiston Respublikasi radiochastotalardan foydalanish va ularni nazorat qilish organlarining chastotalar berilishidan foydalanish imkoniyati to'g'risidagi xulosasi, uzatuvchi qurilmalar quvvati to'g'risidagi ma'lumotlar (radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bog'liq faoliyat uchun litsenziya olinganda);

5.13. Boshqa shaxsga tegishli bo'lgan uskunadan foydalanilgan holda, ushbu uskuna ijaraga olinganligi (undan foydalanganligi) tasdig'i taqdim etiladi. Tasdiq shartnoma yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ko'rinishida bo'lishi mumkin;

6. Shaxsiy tarmoq (Internet-kafe)ni yaratish huquqisiz ma'lumotlar uzatish xizmatlarini ko'rsatishga litsenziya olish uchun «5.4», «5.5», «5.6», «5.7» va «5.8» kichik bandlarida ko'zda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.

7. Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurishga litsenziya olish uchun «5.4», «5.7» va «5.12» kichik bandlarda ko'zda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.

8. Telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini ko'rsatish va (yoki) ekspluatatsiya qilishga litsenziya olish uchun «5.5», «5.6» va «5.8» kichik bandlarda ko'zda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.

9. 5.1-kichik bandida ko'zda tutilgan ariza O'zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi qonuni talablariga rioya qilgan holda elektron raqamli imzo biriktirilib Microsoft Office Word formatida elektron shaklda taqdim etiladi.

10. Qolgan kichik bandlarda ko'zda tutilgan hujjatlar ham ERI biriktirilgan yoki biriktirilmagan holda hujjatlar nusxalari ko'rinishida PortableDocumentFormat (PDF) formatida elektron shaklda taqdim etiladi; 11. Ishonchli bo'lmagan yoki buzilgan ma'lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziyaga talabgor qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi;

12. Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so'ng litsenziyaga talabgorning quyida berilgan elektron pochtasiga taqdim etilgan hujjatlarning ro'yxati elektron ko'rinishda jo'natiladi (elektron pochta manzili bo'lmaganda ko'rsatilgan pochta manziliga);

13. Arizalarni ko'rib chiqish va litsenziyalarni rasmiylashtirish protsedurasi va muddatlari «Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash to'g'risidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi

14. Litsenziya beruvchi organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan so'ng, qaror ijobiy yoki salbiyligidan qat'i nazar litsenziya talabgoriga arizada ko'rsatilgan manzil (e-mail, faks, pochta) bo'yicha tegishli bildirishnoma yuboriladi (e-mail, faks, pochta).

15. Litsenziat maqomini olgan litsenziyaga talabgor qo'liga litsenziyani berishda «5.1», «5.8» va «5.13» kichik bandlari bo'yicha hujjatlar qog'oz ko'rinishida, ya'ni arizaning asl nusxasi, oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplomning, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish bo'yicha mutaxassislarning mehnat daftarchasi, boshqa shaxsga tegishli bo'lgan uskunaning ijaraga olinganligining tasdig'i, shuningdek davlat boji to'langanligi to'g'risida to'lov topshirig'ining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi

16. Ariza topshirish bilan bog'liq barcha hujjatlarni (ZIP formatida) arxivga birlashtirish va yagona arxivlangan ZIP fayli bilan ariza topshirish bo'yicha quyida ko'rsatib o'tilgan qismga qo'yish zarur.

17. Litsenziyaga talabgorda litsenziyalash tartibi bilan bog'liq barcha savollar mavjud bo'lganda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish bo'limiga murojaat qilishlari mumkin. Tel.: (+99871) 238-41-37, 238-41-39, 238-41-85; Faks : (+99871) 239-87-82; E-mail: deplicense@mitc.uz

Talabnoma topshirish