Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tegishli korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-son qarori bilan tasdiqlangan 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq soha bo‘yicha joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 8 ta investitsiya loyihalari doirasida jami 160 mln. dollarga yaqin investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, reja ko‘rsatkichi 113 foizga bajarilishi ta’minlandi. Shundan, 80 mln. dollardan ortiq qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi.