eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Vazirlik jamoasiga “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi haqida ma’lumotlar berildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, tashkilot, korxona va muassasalari rahbar-xodimlari uchun har hafta juma kuni soat 11:00da tashkil etiladigan huquqiy-maʼrfiy o‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

25.06.2021

Hurmatli sayt foydalanuvchilari

Moliya vazirligning UzAsbod dasturida server bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida tizimda texnik ishlar olib borilayotganligi sababli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining joriy yil birinchi chorak natijalari bo‘yicha qo‘rsatqichlar keng jamoaga taqdim etilmagan.

03.05.2021

Teleradioeshhittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Teleradioeshhittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

16.04.2021

Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 49-bandiga muvofiq “MELESHKO OLEG” xususiy korxonasiga (Toshkent shahri) teledasturlar tarqatish tarmoqlarini xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga 2019 yil 23 dekabrda berilgan AA seriya 0008006 raqamli litsenziyaning amal qilishi yuridik shaxsning arizasiga asosan 2021 yil 17 martdan tugatildi.

18.03.2021

Axborot texnologiyalari sohasidagi telekommunikatsiya yo‘nalishidagi islohotlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tadi

15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Matbuot kotibi Sh. Axmatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

12.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bank rekvizitlari o‘zgardi!

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida e’lon qilamiz!

04.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tаdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi, Ochiq ma’lumotlar portali shuningdek, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari ishtirok etishadi.

 

21.02.2021

Litsenziyaning amal qilishi yuridik shaxsning arizasiga asosan tugatilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼlum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 49-bandiga muvofiq “ITCON” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (Toshkent shahri) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalash va qurish bo‘yicha faoliyatga 2017 yil 5 dekabrda berilgan АА seriya 0006331 raqamli litsenziyaning amal qilishi yuridik shaxsning arizasiga asosan 2021 yil 10 fevraldan tugatildi.

11.02.2021

AKT vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

13 fevral kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) majmua shou-rumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tizimlarida faoliyat yuritayotgan hamda soha tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

09.02.2021

TELERADIOESHITTIRISHLAR SOHASIDA RADIOCHASTOTALARNI TAQSIMLASH VA YAKKA TARTIBDAGI LITSENZIYALAR BERISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINADI

TELERADIOESHITTIRISHLAR SOHASIDA RADIOCHASTOTALARNI TAQSIMLASH VA YAKKA TARTIBDAGI LITSENZIYALAR BERISH BO‘YICHA TANLOV E’LON

06.01.2021