Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish
27.01.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashiga o‘zgartirildi.     

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining radiochastota resursidan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
  • radiochastota spektrini taqsimlash va foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil qilish;
  • radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish;
  • radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil qilish, radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
  • radiochastota spektrini tartibga solish va undan foydalanish sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, mazkur sohada yagona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish;
  • radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
  • Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanishi belgilangan.

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi tarkibi va nizomi qaror bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi etib belgilangan. Vazirlik tuzilmasida Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash uchun radiochastota spektridan foydalanishni tartibda solish bo‘limi tashkil etilgan.
 

Radiochastota spektridan foydalanishda qonunchilik bazasi (matn rus tilida)

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining umumiy tusdagi qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalarni taqsimlash jadvali

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarori reyestri, shu jumladan ruxsat berish xususiyatiga ega qarorlar reyestri.

Talabnoma yuborish uchun radiouskunaning texnik parametrlari bo‘yicha shaklni yuklab olish.


Radiochastota spektridan foydalanishni tartibda solish bo‘limi bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
 

Telefonlar: 55- 501-36-93, 55- 501-36-92, 55- 501-36-90.

Faks: 71-2398782

Elektron pochta manzili: orirchs@mitc.uz