Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Fuqarolar murojaati
19.03.2021

Hurmatli foydalanuvchi, siz “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egasiz. Vazirlikka murojaat qilishdan oldin Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumot olishga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz. 

Vazirlikka murojaatlarni bir necha usullarda yuborish mumkin:

1. 1199 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali

2. Vazirlikka xat bilan murojaat qilish orqali

Vazirlik manzili:

Toshkent shahri, 100047, Amir Temur shoh-ko’chasi, 4-uy 

Transport:

Metro: Amir Temur bekati

Avtobuslar: № 38,51,58,67,71,85

Aloqalar:

Vazirlikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va nazorat qilishga mas’ul — Jamoliddin Po‘latov

Tel.: (99871) 238-43-71

Faks: (998 71) 239-8782 

Devonxona: (998 71) 238-4159

Elektron pochta: info@mitc.uz

Ish tartibi:

dushanba - juma: 9:00 - 18:00

tushlikdagi tanaffus: 13:00 - 14:00

shanba, yakshanba dam olish kuni

Vazirlikka murojaat yuborish yo'riqnomasini yuklab olish (Word 16,0 КБ).

“O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida va uning tizimidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buyrug‘i va Nizomi. Yuklash.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jusmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 341-son qarori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buyrug‘i. Yuklash.