Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Navro‘z–qadriyatlar qadr topgan bayram” – “Navro‘z” umumxalq bayrami muborak bo‘lsin!
    21.03.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi butun o‘zbek xalqini yangi kun, yangi, yangilanish va yasharish fasli – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etadi.

    Odamlarning dardu tashvishi bilan yashash, keksalarga hurmat, muhtoj insonlarga e’tibor va yordam ko‘rsatish, adolat va xalqparvarlik faoliyatimiz mezoniga aylanib borayotgan Navro‘z falsafasi, Navro‘z qadriyatlari haqiqatan ham bu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtiradi, ularning qalbida eng go‘zal va olijanob tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shu bois ham Navro‘zi olam mustaqillik yillarida, millati, tili va dinidan qat’i nazar, diyorimizda yashayotgan barcha yurtdoshlarimizning ardoqli va sevimli bayramiga aylanishga ulgurdi.

    Aynan shuning uchun bo‘lsa kerak, bir necha yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga muvofiq Navro‘z bayrami xalqaro miqyosda ham keng nishonlanmoqda.

    Bugun har bir sohada, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar, qo‘yilayotgan har bir yangi qadam xalqimizning har kuni Navro‘z bo‘lishiga, hayotining obod va farovon bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, biz shu yo‘lda oldimizga qo‘ygan ulkan marra va vazifalarni amalga oshirishga bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.

    Aziz yurtdoshlar!

    Navro‘z har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelishini tilaymiz.

    Sharqona yangi yil – Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

     

    Manba: Axborot xizmati