Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri soha nashri hodimlari bilan uchrashdi
    20.03.2021

    21-mart kuni «Xabar» gazetasining ilk soni chiqqan kun. Bundan 29 yil oldin respublika bosma nashrlari qatoriga «Xabar» ham qo‘shilgandi. O‘shandan buyon gazeta axborot texnologiyalari sohasini yoritib kelmoqda.

    Shundan kelib chiqib, bugun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Xabar» gazetasi hodimlari bilan uchrashdi.  Vazir Navro‘z ayyomi hamda gazeta tashkil topgan kun bilan tahririyat xodimlarini tabrikladi, ezgu niyatlar bildirdi. Ijodiy rejalar bilan tanishdi, muammoli masalalar bo‘lsa, yechimiga tayyorligini bildirdi.

    Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, gazeta soha xodimlarining yaqin do‘stiga aylangan.

      Bugungi kunda, tahririyatda jurnalist sifatida shakllanib, o‘z o‘rnini topganlar juda ko‘p desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan ijodkorlar uchun «Xabar»  gazetasi alohida maktab bo‘lgan.

    Xodimlar har Navro‘z bayrami arafasida gazeta dunyo yuzini ko‘rgan kunga alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Sodiq o‘quvchilar ijodiy jamoani qo‘ng‘iroq qilib tabriklashadi, kimdir bir dasta gul ko‘tarib keladi, va tabiiyki, bu ijodkorlarni yanada ruhlantirib yuboradi. Qo‘shaloq bayramni nishonlashning gashti ham o‘zgacha bo‘ladi.

    Manba: Axborot xizmati