"Xabar" gazеtasi 1992 yil mart oyidan chiqa boshlagan. Gazеta haftada bir marta – juma kuni chop etiladi. Gazеtaning bichimi – A-3. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida 16 sahifada, to‘rt xil rangda bosiladi.
"Xabar" gazеtasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining nashri bo‘lib, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi islohotlarni, AKT va kompyutеrlashtirishning tatbiq etilish jarayonini yoritish bo‘yicha mamlakatimizda o‘zbеk tilidagi yagona tarmoq gazеtasi hisoblanadi.
Gazеtamizda maxsus muxbirlardan tashqari jamoatchi muxbirlar ham faol ishtirok etishadi. Gazеta har bir viloyatda o‘z muxbiriga ega.
Manbaa: www.xabar.uz
"ICTNEWS" – soha rivojlanishining informatsion-tahliliy ko’rsatkichlariga bag’ishlangan nashr
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashining 2009 yil 24 dekabrdagi 26-sonli majlis qaroriga binoan, 2010 yilning yanvar oyidan boshlab “ICTNEWS” axborot-tahliliy jurnali chop etilmoqda.
Nashrning asosiy vazifasi etib axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi yangiliklarni hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida AKTni joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni yoritish belgilangan. Jurnalda chop etilayotgan materiallar respublika hayotining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini chuqur tatbiq qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarni operativ ravishda yoritib borishga xizmat qilmoqda.
Jurnal oyda bir marotaba chop etiladi.
Manbaa: www.ictnews.uz
Nashrga 2007 yilda asos solingan va bir yilda to’rt marotaba nashr etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «UNICON.UZ» DUK fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi nashr muassislari hisoblanishadi.
Jurnal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Prezidiumi tavsiyasiga binoan ilmiy tadqiqotchilarning ishlari e’lon qilinadigan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritlgan.
«infoCOM.UZ» axborot-tahlil oylik jurnali
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasiga bag‘ishlangan axborot-tahliliy «infoCOM.UZ» oylik jurnalining birinchi soni 2002-yil 25-noyabrda nashrdan chiqqan. Jurnal o‘tgan oy natijalariga asosan keyingi oyning birinchi o‘n kunligi mobaynida nashrdan chiqariladi.
Jurnalning asosiy konsepsiyasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yangi texnologiyalarni jurnalxon uchun eng qulay va tushunarli shaklda keng targ‘ib qilish, ommalashtirishdan iborat. AKT sohasi mutaxassis va olimlarining jahonda va O‘zbekistonimizda tatbiq etilayotgan eng ilg‘or va ilmiy izlanish talab etuvchi texnologiyalar haqidagi fikr-mulohazari o’rin olgan.
Davlat hokimiyati vakillari — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, global telekommunikatsiya kompaniyalari O‘zbekiston ( «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi») DAK, yirik mobil aloqa kompaniyalari (Coscom QK), yetakchi internet-provayderlari (Sarkor Telecom MChJ, UzPAK, TPS, VSS), kompyuter xoldinglari (Nuron, ARKT Nihol), jamoat tashkilotlari (AKTni rivojlantirish jamg‘armasi, AKTni rivojlantirish va joriy qilish markazi) va hatto FM-radiostansiyalar (Setar) vakillarining ta’sischi va tahrir kengashi a’zosi sifatida ishtirok etishlari «infoCOM.UZ» jurnalini ijtimoiy nashrga aylantirdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risidagi axborot-tahliliy jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirish va AKT ni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi 6.06.2002-yil 200-sonli qaroriga muvofiq, AKT sohasida jahon va mamlakatimizdagi jarayonlar hamda yutuqlarni yorituvchi ixtisoslashtirilgan — «infoCOM.UZ» jurnalini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Manbaa: www.infocom.uz