Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda yangi bakalavriat yo‘nalishi ochiladi
    25.03.2021

    Vazirlar Mahkamasining «Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Raqamli kutubxona»sini (Digital library) tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

     Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Raqamli kutubxona» (Digital Library) qoshida oliy o‘quv yurtlari va ilmiy institutlar uchun yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid yetakchi xorijiy ilmiy bazalari – Springer-Nature, Elsevier, IEEE, SAGE, ProQuest va boshqalardan foydalanish va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan o‘quv-maslahat markazini yaratish choralarini ko‘radi.

    Shuningdek, 2022-yilning yanvaridan boshlab «Raqamli kutubxona» (Digital Library)da ilg‘or axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda kompyuterlashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishini ta’minlaydi.

    Shu bilan birga, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab universitetda «Elektron kutubxona» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ham belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati