Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Future Skills Uzbekistan” loyixasiga Respublikada birinchi bo‘lib Sirdaryo viloyatida start berildi
    19.03.2021

    IT Park Sirdaryo filialida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda IT-Park masʼul xodimlari tomonidan bo‘lajak IT-mutaxassislari uchun “Future Skills Uzbekistan” loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda “Future Skills Uzbekistan” loyihasiga jalb qilingan 35 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

    “Future Skills Uzbekistan” – Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligi doirasida ishsiz fuqarolarga professional taʼlim berish orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga o‘qitish va malakali IT mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyiha.

    “Future Skills Uzbekistan” loyihasining maqsadi - axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali IT mutaxassislar sonini ko‘paytirishdir. Loyiha 3 ta asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, professional taʼlim va IT mutaxassislarni tayyorlash, IT mutaxassisining malakasini baholash va malaka pasportini berish, IT mutaxassisi ishga joylashish va mustaqil ravishda ish bilan shug‘ullanish (frilanserlik) bo‘yicha yordam ko‘rsatish masalalarini o‘z ichiga qamrab oladi.

     

    Manba: Axborot xizmati