eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Litsenziyalash haqida

Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasining litsenziyalash bo’yicha qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalovchi organ - O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaxslarning faoliyat turlarini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 15-ilovasi “Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash pasporti”ga asosan amalga oshiriladi.

Talabgorlar tomonidan litsenziya olish to‘g‘risidagi arizalar taqdim etilishi:

Talabgorlarning litsenziyalar olish to‘g‘risidagi arizalari, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali qabul qilinishi mumkin.

Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya talabgorlarining litsenziya olishga arizalarini qabul qilish, Litsenziyalash masalalari bo‘yicha ekspert guruhi majlislarini tashkil etish, shuningdek litsenziyalarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish boʼlimi tomonidan amalga oshiriladi.

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

Telekommunikatsiyalar sohasida telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanadi:

a)      mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

b)      mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

v)      mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

g)      mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishi;

d)      xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

ye)     xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

j)       ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

z)       ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish;

i)       ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

y)       ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish;

k)      ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish;

l)       ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

m)     ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish;

n)      maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish;

o)      maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini qurish;

p)      maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish;

r)       maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;

s)       teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish;

t)       teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini qurish;

u)      teleradioeshitgirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish;

f)       teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish.

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan faqatgina yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya quyidagi muddatlarga beriladi:

- teleradioeshitgirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati - 5 yil;

- ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati - 15 yil;

- litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.   

Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlari bo‘yicha faoliyatga litsenziya olish:

Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga litsenziya olish, muddatini uzaytirish va litsenziyaga o‘zgartirish kiritish Vazirlar Mahkamasi Аxborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq televizion va radiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasidagi faoliyat yuritish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalarning berilishi konkurs asosida amalga oshiriladi (asosiy faoliyati davlat televizion va radiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondidagi davlat mulkining ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan korxonalardan tashqari). 

Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi Аxborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʼyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Efir teleradioeshittirishi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda chastotalarni taqsimlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun litsenziyaga talabgor Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish ham samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyasiga ariza va quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • litsenziyaga talabgor tomonidan konkurs takliflari ko'rib chiqilganligi uchun yig‘im kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • litsenziyaga talabgor tomonidan  bay puli kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
  • ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shu jumladan teleradiodasturlarning rejalashtiriladigan eshittirish setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va konkurs majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishning batafsil kontseptsiyasi;
  • teleradioeshittirish ob‘ektini qo‘riqlash tadbirlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi tegishli organlarning xulosasi;
  • uskuna boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan holda teleradioeshittirish tashkiloti uchun mo‘ljallangan uskunadan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (ijara shartnomasi va sh.k.).

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a)      ariza (arizada yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va banqdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili, kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash, shuningdek, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi ko‘rsatiladi);

b)      telekommunikatsiyalar tarmoklaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda - telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo‘lgan) va ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari, xizmatlar ko‘rsatish hududi ko‘rsatilgan maʼlumot;

v)      telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalanggirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda - loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo‘lgan) ro‘yxati.

g)      telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda - tarmoqni tashkil etish va rivojlantirish rejasi (belgilashan shakl bo‘yicha bajariladigan ishlarga qarab zarur maʼlumotlar, abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stantsiyalar, maʼlumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, koplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);

d)      teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda - eshittirishlar kontseptsiyasi;

ye)     teleradioeshitgirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini koʼrsatish uchun litsenziya olishda - obʼektning qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risida vakolatli organning xulosasi yoki obʼektni qo‘riqlash bo‘yicha tuzilgan shartnoma nusxasi;

j)       radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olishda - berilayotgangan chastotalardan foydalanish imkoniyati va uzatuvchi qurilmalarning tavsifi, quvvati va xususiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish bo‘yicha organning maʼlumoti;

z)       boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish mo‘ljallanayotgan taqdirda, ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;

i)       O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tele va radio mahsulotlarni tarqatish huquqini olishda - teleradiomahsulotlarni tarqatish bo‘yicha xorijiy ommaviy axborot vositasining (yoki huquq egasining) roziligini tasdiqlovchi xujjat (shartnoma).

Litsenziya olish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Litsenziya olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun ariza 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasi Аxborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim bo‘lgan hollarda muddat 25 ish kuniga teng.

 

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan talablar va shartlar:

litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi:

a) litsenziat tomonidan telekommunikatsiya sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi;

b) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashni taʼminlash;

v) ko‘rsatiladigan xizmatlarning belgilangan sifat meʼyorlarini taʼminlash;

g) tarmoqlararo qo‘shilishlarni tashkil etish, boshqa operatorlar va provayderlarga o‘z tarmog‘idan foydalanish, shuningdek, ular o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob shartlari va tartibi mavjudligi;

d) texnik protokollar va tarmoqlararo qo‘shilishlar spetsifikatsiyalarining nomi, tarmoqlarni raqamlash rejasi, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanish tavsiflarining mavjudligi;

ye) davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyati, huquqni muhofaza qilish organlari manfaatlari yo‘lida va alohida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni o‘tkazishda telekommunikatsiyalar vositalari ishlarini taʼminlash bo‘yicha maxsus talablarga rioya etilishi;

j) xizmatlar ko‘rsatish shartlari, tariflar va axborot maʼlumotlarini mijozlarga rasmiy veb-saytlari orqali yetkazish, shu jumladan, teleko‘rsatuvlar jadvalini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;

z) telefon orqali gaplashishlar, telegraf va telekommunikatsiyalar tarmoqlari bo‘yicha beriladigan boshqa xabarlarning maxfiyligini, axborot xavfsizligini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar obʼektlari va inshootlari xavfsizligini taʼminlash;

i) favqulodda holatlarda, shuningdek, operativ-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun asbob-uskunalarni o‘rnatish va ularning ishlashini taʼminlash bo‘yicha telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tayyorlab qoʼyish va ularni ishlatish;

y) umumdavlat vazifalarini hal etish uchun telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

k) atrof muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va sanoat sanitariyasi qoidalariga rioya etish;

l) litsenziyalanadigan faoliyat to‘gʼrisidagi maʼlumotlarni litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organga berish;

m) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar va afzalliklar berish;

n) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) xizmatlari ko‘rsatish uchun vakolatli organda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tish;

o) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — yuridik shaxs sifatida telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga, oliy texnik maʼlumotga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud bo‘lishi;

p) teleradiomahsulotlarni va Internet orqali kontent tarqatishda mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etish.

Yakka tartibdagi litsenziyalarda qo‘shimcha talablar va shartlar:

r) litsenziatlar tomonidan qishloq joylardagi, aholi siyrak va borish qiyin bo‘lgan tumanlardagi foydalanuvchilar uchun majburiy ravishda xizmatlar ko‘rsatish;

s) belgilangan tariflar bo‘yicha, shu jumladan, qishloq joylarda, aholi siyrak va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda universal xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlash;

t) umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga adolatlilik va kamsitmaslik asosida ruxsat berish;

u) umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish rejasi prognozi (belgilangan hududni qamrab olish, uzatuvchi apparat quvvatini va abonentlar sonini ko‘paytirish va boshqalar);

f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziyani berishda belgilangan hudud doirasida faoliyat yuritish, biriktirilgan radiochastota nominalida efirga chiqish,

x) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda axborot xavfsizligi hamda ommaviy axborot vositalari sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik talablariga rioya etish.

Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat litsenziyalanganligi uchun davlat bojlari miqdori:

a) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 15 baravari;

b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish — BHMning 15 baravari;

v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari;

g) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish — BHMning 30 baravari;

d) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 500 baravari;

ye) xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish — BHMning
800 baravari;

j) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning
200 baravari;

z) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning 400 baravari;

i) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 10 baravari;

y) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish — BHMning
20 baravari;

k) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 30 baravari;

l) ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 80 baravari;

m) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 140 000 baravari;

n) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 2 baravari;

o) maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini qurish — BHMning 4 baravari;

p) maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 6 baravari;

r) maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 30 baravari;

s) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish — BHMning 20 baravari;

t) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini qurish — BHMning 20 baravari;

u) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish — BHMning 150 baravari;

f) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 150 baravari.

Davlat bojining miqdori davlat boji toʼlangan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘paytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji har yili belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.

Navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanadi, keyingi to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turiladi.

 

Telekommunikatsiyalar sohasida quyidagi holatlar (xarakatlar)da litsenziya talab etilmaydi:

pullik televidenie abonentlarning umumiy soni 10 tadan ortiq bo‘lmasa;

teleko‘rsatuvning kabel tarmog‘i va radioeshittirishning simli tarmog‘i bir muassasa, o‘quv yurti, mehmonxona, sanoat korxonasi binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan bo‘lsa;

yuridik shaxs operatorlar tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan foydalangan holda maishiy xizmat ko‘rsatish obʼektlarida va avtomobil yo‘llari bo‘yida mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari xizmatlari ko‘rsatsa, aloqaning taksofon xizmatlari va faks bo‘yicha axborotni jo‘natsa (va qabul qilsa);

faoliyat aholining hayoti va sog‘ligʼiga xavf soluvchi hamda qutqarish va avariya-tuzatish ishlarini talab etuvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini tutatish bilan, shuningdek, faqat davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va xuquq- tartibotni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʼini tashkil etish va ularning ishlashi bilan bog‘liq bo‘lsa;

asosiy faoliyat turi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda mahalliy, radiotelefon, maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan, ushbu faoliyat turlariga oid xizmatlarni uchinchi shaxslarga ko‘rsatmasdan faqat o‘z ishlab chiqarish-texnologik jarayonida va (yoki) signalni yetkazib berish maqsadida foydalanilsa;

o‘z tarmog‘ini tashkil etmasdan, maʼlumotlarni uzatish operator va provayderlari tarmog‘i orqali Internetdan foydalanish xizmatlarini (Internet kafe) ko‘rsatishda.

 

Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning:

qarorlari va hujjatlari ustidan;

mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishi mumkin.

Talabgor/litsenziat shikoyatni:

hududiy darajadagi litsenziyalovchi organga nisbatan uning yuqori turuvchisiga;

respublika darajasida litsenziyalovchi organga nisbatan ushbu idorada tashkil etilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Аpellyatsiya kengashiga taqdim etadi.

Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash masalalari bo‘yicha ekspert guruhi tarkibi.

Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining litsenziyalash masalalari bo‘yicha ekspert guruhining telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlari ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Аpellyatsiya kengashi tarkibi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish bo'limining murojaat qilish uchun ma'lumotlari:  

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 70-uy, B blok 
Tel.: (+998 55) 501-37-15, 501-37-02

E-mail: deplicense@mitc.uz