Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati
12.02.2021

Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.

Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Amalga oshirilgan yirik loyihalar:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz)

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)

“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi (license.gov.uz)

“Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizim (birdarcha.uz)

Axborot tizimlari komplekslari:

«Kliring»

«Xarid»

«Byudjet»

«Bojxona»

«Adliya»

«Sog‘liqni saqlash»

«Ta’lim»

«Kommunal»

«Adliya-2»

«Nafaqa»

«Davlat boshqaruvi»

Elektron hukumat tizimini joriy etishga mas’ul organ va muassasalar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bo‘lib, elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi - Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashni ta’minlaydi.

Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.

 

2020 yil bo‘yicha hududlarning raqamli rivojlanish darajasi baholanishi

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq hududlarda raqamli transformatsiya holatini baholash maqsadida hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reytingli baholash metodikasi ishlab chiqildi va bu bilan hududlarda raqamlashtirish holatini diagnostika qilish imkoni yaratildi.

Reytingli baholash metodikasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan dunyo davlatlarida axborot texnologiyalari rivojlanish va elektron hukumatni joriy etishni baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar qabul qilindi.

Reytingli baholash tartibi 4 ta ustuvor yo‘nalishlardan iborat:

  • Raqamli infratuzilma” (35 ball) – aholi punktlarining Internet, mobil aloqa, “Wi-Fi” nuqtalari va boshqalar bilan qamrab olinganligi baholanadi;
  • Raqamli iqtisodiyot” (25 ball) – elektron schet-fakturadan va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan samarali foydalanish, mahalliy IT-xizmatlar bozori holati, elektr va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va boshqalar baholanadi.
  • Ijtimoiy sohani raqamlashtirish” (20 ball) – ijtimoiy muassasalar (bolalar bog‘chasi, maktablar, poliklinikalar)da Internetdan foydalanish holatini, hamda ta’lim va boshqa tizim hamda dasturiy mahsulotlarni joriy etish holatini baholash.
  • Raqamli ta’lim” (20 ball) – maktablarni yo‘nalish bo‘yicha diplomga ega informatika o‘qituvchilari bilan hamda o‘quvchilarning “Bir million dasturchi” dasturi bo‘yicha qamrab olinganligi, aholining IT-sektorida bandligi, IT-o‘quv markazlarining va boshqalar.

Hududlarni yakuniy bahosi “yashil” - yaxshi baho (71 dan 100 ballgacha), “sariq” - qoniqarli baho (55 dan 71 ballgacha) va “qizil” – qoniqarsiz baholash natijasi bilan (55 balldan past) baholanadi.

2020 yil yakunlari bo‘yicha respublikaning 203 ta tuman (shahar) larini baholash amalga oshirildi, uning natijalari aniqlandi.

Raqamlashtirish holatini yaxshi baho olgan (“yashil” ro‘yxat) respublikaning 28 (14%)ta tuman va shaharlari joy oldi, ulardan eng yaxshi o‘ntalikka kirganlari: Navoiy, Jizzax, Namangan, Samarqand, Andijon va Farg‘ona shaharlari, shuningdek Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridir.

Raqamlashtirish holati qoniqarli baho olgan (“sariq” ro‘yxat) umumiy 59 (29%)ta tuman va shaharlar 71 balldan kam baho oldi, ular Kogon, Norin, Qo‘shko‘pir, Mirzacho‘l tumanlari va Olmaliq, Kattaqo‘rg‘on, Yangiyer, Shirin, Zarafshon, Chirchiq, Xonobod va Qo‘qon shaharlari.

Shu bilan birga “sariq” ro‘yxatdagi ba’zi tuman (shahar)lar ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha yaxshi baho olishgan, masalan, “Ijtimoyi sohani raqamlashtirish” yo‘nalishida Yangiyer, Chirchiq shaharlari va Mirzaobod, Xovast tumanlari hamda “Raqamli infratuzilma” yo‘nalishida Olmaliq, Bekobod shaharlari va Norin, Mirzachul, Qorovulbozor tumanlari 91 balldan yuqori ball to‘plagan.

Raqamlashtirish holati qoniqarsiz baho olgan (“qizil” ro‘yxat) 116 (57%)ta tuman va shaharlar 55 balldan kam baholangan.

Eng past ball to‘plagan 14 tuman 40 balldan kam baholangan, xususan, Dehqonobod, Qo‘shrabot, Chiroqchi, Forish, Qamash, Quva, Yakkabog‘, G‘uzor, G‘allaorol, Bandixon, Amudaryo, Muzrabot, O‘zbekiston va Qo‘shtepa tumanlari.

Shu bilan birga, “qizil” ro‘yxatdan ayrim tuman (shahar)lar ma’lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshi baho oldilar, masalan, Buloqboshi, Jalaquduq, Baliqchi, Urganch, Marxamat tumanlari “Raqamli infratuzilma” ko‘rsatkichida 82 va undan ortiq ball to‘pladi.

 

 

Hududlarni raqamli rivojlanish holatini alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilishda quyidagi natijalarni ko‘rsatdi.

“Raqamli infratuzilma” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 86 (42%)ta tuman (shahar)lar “yashil” ro‘yxatdan joy olib 71 balldan ziyod bahoni qo‘lgan kiritdi, ulardan birinchi o‘ntaligi Xiva, Farg‘ona, Zarafshon, Bekobod, va Mirzacho‘l, Uchtepa, Olmazor, Zarbdor, Norin va Shayxontoxur tumanlaridir.

Shu bilan birga 73 (36%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga, 44 (22%)ta tuman (shahar)lar esa “qizil” ro‘yxatga kiritildi (Forish, Dehqonobod, Qo‘shrabot, Qorao‘zak, Yakkabog‘, Chirchiq, Qamashi, Qo‘shtepa, Shumanay, Amudaryo va boshqa tumanlar).

“Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 22 (11%)ta tuman (shahar)lar 71 balldan ortiq ballni qo‘lga kiritib “yashil” ro‘yxatga kiritildi, ulardan yetakchi o‘ntalikka Navoiy, Termiz, Jizzax, Nukus, Namangan, Guliston shaharlari va Toshkent shahrining Chilonzor, Yakkasaroy, Uchtepa tumanlari hamda G‘ijduvon tumanidir.

Shu bilan birga 26 (13%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga kirdi va 155 (76%)ta tuman (shahar)lar “qizil” ro‘yxatga kirdi (Chinoz, Parkent, Oqqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, Izbosgan, Ulug‘nor, Uchquduq, Buka, Oqdaryo, Zafarobod, Bulung‘ur, Quyichirchiq va boshqa tumanlar).

“Ijtimoiy sohani raqamlashtirish” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 61 (30%)ta tuman (shahar)lar 71 balldan ko‘p to‘plagan holda “yashil” ro‘yxatga kirdi, shulardan yetakchi o‘ntalikka Xiva va Qarshi shaharlari hamda Toshkentning Shayxontohur, Sergeli, Olmazor, Uchtepa, Bektemir, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod tumanlari.

Shu bilan birga, 43 (21%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga va 99 (49%)ta tumanlar “qizil” ro‘yxatga kiritildi (Rishton, Urgut, Buvaida, Dang‘ara, Toshloq, Zomin, Kuva, Uchko‘prik, Chiroqchi, Shahrixon, Bandixon, Amudaryo va boshqa tumanlar).

“Raqamli ta’lim” yo‘nalishini baholash bo‘yicha faqatgina 13 (6%)ta tuman (shahar)lar 71 balldan yuqori ko‘rsatkich bilan “yashil” ro‘yxatga kiritildi, ularning o‘ntalik qatoriga Samarqand, Andijon, Urganch, Namangan, Jizzax, Navoiy, Nukus, Buxoro, Qarshi shaharlari va Toshkent shahrining Yunusobod tumani.

Shu bilan birga, 23 (12%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga, 167 (82%)ta tuman “qizil” ro‘yxatdan joy oldi (Chiroqchi, Yuqorichirchiq, Bo‘stonliq, Mirishkor, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Farg‘ona, Shofirkon, Kattaqo‘rg‘on, Tomdi, Paxtaobod, Guliston va boshqa tumanlar).