Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatida “Hack4Region” xakatoni o‘tkaziladi
    17.03.2021

    2021 yil 27-28 mart kunlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) va Qashqadaryo oliy ta’lim muassasalari ko‘magida "Hack4Region" xakatonini o‘tkaziladi.

    Tadbir doirasida ishtirokchilar ikki kun ichida jamiyatimizning dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan startap loyihalarni ishlab chiqarishlari va uni jamoatchilik va hakamlar hay'ati oldida taqdim etishlari kerak.

    Eng istiqbolli va qiziqarli startap loyihalarning mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

    Ro'yxatdan o'tish 2021 yil 25 mart kuni 15:00da tugaydi.

    Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/YprzHU2XakQ4FEyg7

    Manzil: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

    Manba: Axborot xizmati