Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Milliy onlayn savdo maydonchasi o‘z faoliyatini boshladi
    18.03.2021

    Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes rivojiga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bois tez fursatlarda rivojlanib bormoqda.

    Bu kabi rivojlanishlarga “O‘zbekiston pochtasi” АJ ham o‘z xissasini qo‘shish hamda respublikamizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xaridorgirligini oshirish maqsadida milliy onlayn savdo maydonchasini yaratish ustida tashkiliy ishlarni olib bordi.

    Natijada “Unisavdo.uz” milliy onlayn savdo maydonchasi platformasi ishlab chiqilib joriy yilning fevralidan test tarzida o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlarini respublika bo‘yicha savdoga chiqarishlari mumkin bo‘ladi. “O‘zbekiston pochtasi” АJ esa maydoncha orqali xarid qilingan maxsulotlarni xaridor manzili bo‘yicha yetkazib beradi. Bunda milliy operator xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘lishdek maʼsuliyatli vazifani  bajaradi.

    Hozirda aholimiz xorijiy internet do‘konlaridan mahsulot xarid qilishni yaxshi o‘zlashtirishgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab sotilishi hali unchalik rivojlanmagan. “O‘zbekiston pochtasi” АJ tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun maxsus maydoncha va manzilga jo‘natadigan tizimni taklif etmoqda.  Hozirda mahsulot saqlaydigan omborxona, mahsulotni qadoqlaydigan tizimlar ustida ham ishlar olib borilmoqda. Bu tomonlama qulay imloniyat bo‘ladi.

    Batafsil maʼlumot: unisavdo.uz

     

    Manba: Axborot xizmati