Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Mobiuz bir hafta ichida 60 dan ortiq 4G stansiyalarini ishga tushirdi

Mobiuz texnik jamoasi bir haftada 60 dan ortiq 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Ta’kidlash kerakki, mazkur ishlar nafaqat yirik shahar markazlaridan olis  qishloq hududlarida amalga oshirilmoqda. Bir hafta muddat ichida Buxoro, Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari qator tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar sifatli mobil aloqa bilan ta’minlandi.

19.11.2021

Qoraqalpog'iston Respublikasida talaba-yoshlar uchun IT Park faoliyati va “Bir million dasturchi” loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Qoraqalpoq davlat universitetida informatika, matematika fani professor o'qituvchilar va talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etildi.  Seminarda IT Park Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali rahbariyati ishtirok etib, IT Parkning foaliyati, "Bir million dasturchi" loyihasi va axborot texnologiyalari sohasidagi so'nggi yangiliklar bilan tanishtirdi.

19.11.2021

TATU IT Park rezidenti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va IT Park rezidenti “ZIP24” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

19.11.2021

Jizzax viloyati Zomin tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Jizzax viloyati, Zomin tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

19.11.2021

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro shahrida qator ishlar amalga oshirilmoqda

“O‘zbektelekom” AK Buxoro filialiga tegishli “Yosh aloqachi” oromgohi hududida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi hamda “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali tomonidan oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 540 tup mevali daraxt ekish ishlari olib borildi.

19.11.2021

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim

 Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq lozim” mavzusida  talabalar o‘rtasida ma'naviy-ma’rifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

18.11.2021

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

18.11.2021

Davlat bayrog‘i - g‘urur va iftixorimiz ramzi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Siz aziz yurtdoshlarimizni 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi bilan muborakbod etadi.

18.11.2021

Sherzod Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Shermatov Sherzod Xotamovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

17.11.2021

Toshkent shahridagi Amity universitetida halqaro ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 15-19-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Amiti universitetida O‘zbekistonda raqamli transformatsiya, elektron hukumat reytingi va sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

17.11.2021