Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universitetida halqaro ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda
    17.11.2021

    Joriy yilning 15-19-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Amiti universitetida O‘zbekistonda raqamli transformatsiya, elektron hukumat reytingi va sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

    Seminar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va Toshkent shahridagi Amiti universiteti hamkorligida tashkil qilindi.

    Tadbirning o‘tkazilishi dan asosiy maqsad — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat xokimiyati organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, elektron hukumat va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga ma’sul mutaxassislarning bilim va qo‘nikmalarini oshirish.

    Tadbirning birinchi va ikkinchi kunlari sun’iy intellekt texnologiyalari masalalariga bag‘ishlangan edi. Treningni o‘tkazish uchun Estoniya davlatining yetakchi “MindTitan” kompaniyasidan xalqaro ekspertlar guruhi taklif etilgan. Ikki kunlik dastur davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, sun’iy intellekt loyihalarini qanday yozishni, loyihalarning texnik jihatlarini va muvaffaqiyatga erishish ehtimoli katta bo‘lgan loyihalarni jamiyatimizga tadbiq etishni o‘rgandilar.

    Tadbirning uchinchi-beshinchi kunlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida raqamlashtirish va elektron hukumatni joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat xokimiyati organlari rahbarlariga, Estoniyada davlat sektorini raqamlashtirishda ko‘maklashuvchi Estonian E-Governance Academy rahbari va ekspertlari tomonidan raqamli texnologiyalar va elektron hukumat bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.

    Uch kun davomida ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va elektron hukumat to‘g‘risida o‘z bilimini oshiradilar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida elektron hukumatni rivojlantirish, ustuvor soha va hududlarni raqamlashtirishda baholash mexanizmlarni o‘rganishadi.

     

    Manba: Axborot xizmati