Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Zomin tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    19.11.2021

    Jizzax viloyati, Zomin tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi hamda sayyor qabul ishtirokchilariga viloyatda shu jumladan tumanda olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

    Shuningdek, aloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar hajmi, sifati va narxi kabi masalalar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati