Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mobiuz bir hafta ichida 60 dan ortiq 4G stansiyalarini ishga tushirdi
    19.11.2021

    Mobiuz texnik jamoasi bir haftada 60 dan ortiq 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.

    Ta’kidlash kerakki, mazkur ishlar nafaqat yirik shahar markazlaridan olis  qishloq hududlarida amalga oshirilmoqda. Bir hafta muddat ichida Buxoro, Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari qator tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar sifatli mobil aloqa bilan ta’minlandi.

    Mobiuz mobil aloqa operatori shaharlardagi tarmoqlar sig‘imini oshirish, shuningdek, tuman va qishloqlarni to‘rtinchi avlod tarmog‘i bilan qamrab olishni kengaytirishni davom ettirmoqda.

     

     

    Manba: Axborot xizmati