Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro shahrida qator ishlar amalga oshirilmoqda
    19.11.2021

    “O‘zbektelekom” AK Buxoro filialiga tegishli “Yosh aloqachi” oromgohi hududida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi hamda “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali tomonidan oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 540 tup mevali daraxt ekish ishlari olib borildi.

    Loyiha doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi viloyat soha korxonalari tomonidan jami 2 400 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

    Ushbu loyiha joriy yilning 10-dekabriga qadar davom etishi belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati