Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    18.11.2021

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaziy apparati, Vazirlikning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbar va mas’ul xodimlari hamda tumani aholi vakillari ishtirok etishdi.

    O‘tkazilgan sayyor qabulda O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganib chiqildi. Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, mobil aloqa hamda IT-ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga o‘rganib chiqib ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati