Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU IT Park rezidenti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
    19.11.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va IT Park rezidenti “ZIP24” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Memorandumning asosiy maqsadi yosh mutaxassislarni axborot texnologiyalarini tatbiq etishda qo‘llab-quvvatlash, dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalar, tadbirlar va mahorat darslarni o'tkazish hamda talabalarni rezidentning loyihalariga jalb qilish.

    Memorandum imzolanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda universitet rektori Baxtiyor Mahkamov, “ZIP24” kompaniyasi asoschisi Muzaffar Qoraboyev hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

    Mazkur memorandum universitet talabalariga oʻz gʻoya va startap loyhalarini amalga oshirishni, ularni ishga tushirish uchun mablagʻ olish imkoniyatini beradi.

     

    Manba: Axborot xizmati