Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

TATU Urganch filiali talabasi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Joriy yilning 2-5-dekabr kunlari Bayrut shahrida (Livan) dyuzdo sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Irisxon Qurbonboeva muvaffaqiyatli ishtirok etib, 78 kg toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.

06.12.2021

Nukus shahrida yoshlar uchun seminar tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida startap loyihalarga qiziquvchi yoshlar uchun seminar o'tkazildi.

06.12.2021

Navoiy viloyatidagi Raqamli texnologiyalar o'quv markazlarida umumta'lim maktab direktorlarining AKT sohasidagi malakasi oshirilmoqda

Bugungi kunda Navoiy viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851 son qarori ijrosi yuzasidan umumta'lim maktablari direktorlarini IT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) sohasida bilimlarini rivojlantirish, malakasini oshirish bo&lsq

06.12.2021

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida AKT sohasida Hamkorlik bayoni imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyaning Nur-Sulton shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

05.12.2021

AKT vaziri Qozog‘istonlik IT kompaniyalarini O‘zbekistondagi mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanadigan loyihalarga sarmoya kiritishga taklif qildi

 Bugun, 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlar doiralari ishtirokida Nur-Sulton (Qozog‘iston Respublikasi) shahrida o‘tkazilgan Ishbilarmonlar kengashi va Biznes-forumining kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashdi hamda nutq so‘zladi.

 

04.12.2021

Ikki davlat vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashdi.

04.12.2021

AKT vaziri Astana Hub texnoparki faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 4-dekabr kuni Nur-Sulton (Qozog‘iston Respublikasi) shahriga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro texnoparklardan biri – Astana Hub faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

04.12.2021

Chekka hududlardagi aholi maskanlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan qamrab olinmoqda

Jizzax viloyatida chekka hududlardagi aholi maskanlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan qamrab olinmoqda. Shu maqsadda 2021-yilda 1,1 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Hozirda jami optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 4,1 kilometrga yetkazilgan. Bu orqali viloyatdagi aholi yashash maskanlarining 60 foizidan koʻprogʻiga optik tolali aloqa tarmoqlari kirib borishiga erishildi. 

03.12.2021

Endilikda yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini Yagona portal orqali tiklash mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun imtihonga ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi.

03.12.2021

TATU Urganch filiali o‘qituvchisi innovatsion loyihalar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Iroda Xajiyeva Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar grantlari” innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

03.12.2021