Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nukus shahrida yoshlar uchun seminar tashkil etildi
    06.12.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida startap loyihalarga qiziquvchi yoshlar uchun seminar o'tkazildi.

    Seminar davomida IT Park Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali xodimlari - IT Parkning faoliyati, tez fursatda Nukus shahrida ochiladigan yangi Inkubatsiya markazi, “Bir million dasturchi” loyihasi bo'yicha yangiliklar bilan tanishtirdi.

    Shu bilan birga, "Data Biznes Control" kompaniyasi vakillari tomonidan biznesni avtomatlashtirish, CRM, ERP, WMS tizimlarining faoliyati uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo‘yicha taqdimot qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati