Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Qozog‘istonlik IT kompaniyalarini O‘zbekistondagi mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanadigan loyihalarga sarmoya kiritishga taklif qildi
    04.12.2021

     Bugun, 4-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  Ozbekiston va Qozogiston ishbilarmonlar doiralari ishtirokida Nur-Sulton (Qozogiston Respublikasi) shahrida otkazilgan Ishbilarmonlar kengashi va Biznes-forumining kengaytirilgan yigilishida qatnashdi hamda nutq sozladi.

    Sh.Shermatov o‘z maʼruzasida tadbirning “Raqamli kun tartibi” qator asosiy vazifalarni hal qilishni nazarda tutganligini alohida taʼkidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan bugungi kunga kelib 300 dan ortiq loyialar amalga oshirilganligini, joriy yil so‘ngiga qadar yana 189 loyiha amaliyotga tatbiq qilinishini, 2022 yil oxirigacha esa 53 ta loyiha ishga tushirilishini maʼlum qildi.

    AKT vaziri, shuningdek, quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratib, ular doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi:

    • aholi punktlarida tezkor va qulay internet xizmatlarini taqdim qilish;
    • “Elektron hukumat” qamrovini yana-da kengaytirish;
    • malakali IT-kadrlarni tayyorlash;
    • IT-industriya va raqamli tadbirkorlikni yana-da rivojlantirish.

    AKT vaziri Sh.Shermatov Qozog‘istonda ham “Raqamli Qozog‘iston” dasturi amalga oshirilayotganligiga alohida eʼtibor qaratib, yuqorida taʼkidlangan yo‘nalishlardagi ustuvor maqsadlarga erishish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda qozog‘istonlik hamkasblar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini, bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikdagi IT-loyihalarni amalga oshirish maqsad qilinganligini taʼkidladi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati