Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Astana Hub texnoparki faoliyati bilan tanishdi
    04.12.2021

    Bugun, 4-dekabr kuni Nur-Sulton (Qozog‘iston Respublikasi) shahriga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro texnoparklardan biri – Astana Hub faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, startap-industriyani rivojlantirish doirasidagi masalalar muhokama qilindi.

    Delegatsiya aʼzolari Qozogʻistonning Datanomix, ConnectedHHome, Oquda va iMAS kabi IT-kompaniyalari bilan tanishdi. Tomonlar hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirib, O‘zbekiston va Qozog‘iston IT-kompaniyalarining ikki davlat bozoriga kirishi masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

    AKT vaziri Sh.Shermatov Astana Hub faoliyati, “42-maktab” dasturi konsepsiyasi, shuningdek, kovorking markazlari faoliyati bilan batafsil tanishdi.