Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chekka hududlardagi aholi maskanlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan qamrab olinmoqda
    03.12.2021

    Jizzax viloyatida chekka hududlardagi aholi maskanlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan qamrab olinmoqda. Shu maqsadda 2021-yilda 1,1 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Hozirda jami optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 4,1 ming kilometrga yetkazilgan. Bu orqali viloyatdagi aholi yashash maskanlarining 60 foizidan koʻprogʻiga optik tolali aloqa tarmoqlari kirib borishiga erishildi. 

    Telekommunikatsiya tarmogʻini kengaytirish hamda aholiga internetga keng polosali ulanish imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida 48,1 ming abonentga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan 30 ta zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari oʻrnatilib, viloyatda internetga keng polosali ulanish portlarining umumiy sigʻimi 127,6 ming portga yetkazilgan. 

    Ushbu olib borilayotgan ishlar natijasida viloyat aholisini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanishga boʻlgan ehtiyojini yanada ko'proq qondirish imkoniyati yaratildi.

    Manba: Axborot xizmati