Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Urganch filiali talabasi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
    06.12.2021

    Joriy yilning 2-5-dekabr kunlari Bayrut shahrida (Livan) dyuzdo sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Irisxon Qurbonboeva muvaffaqiyatli ishtirok etib, 78 kg toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chempionni va uning murabbiyl-ustozlari, ota-onasi va barcha universitet jamoasini g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati