Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Sirdaryo viloyatida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda IT Park Sirdaryo filiali tomonidan kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

05.02.2022

Jizzax viloyatidagi tibbiyot xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida malakasi oshirildi

Jizzax viloyatining hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini axborot texnologiyalari hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasini oshirish ishlari davom etmoqda.

03.02.2022

AKT vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand turizm markazini sifatli telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash masalalarini o‘rgandi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand turizm markaziga bordi. 

03.02.2022

IT Parkda yosh dasturchilar uchun “Coding Monday” tadbiri bo‘lib o‘tdi

 IT Park Toshkent filialida yosh va iqtidorli dasturchilar uchun “Coding Monday” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir asosan IT dasturchilari uchun tashkillashtirilib, uning maqsadi bilim va tajriba almashish, ITning turli yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi mutaxassislar bilan tanishish, shuningdek, IT markazlar talabalariga loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar berishdan iboratdir. 

03.02.2022

Taxtako'pir tumanidagi chekka ovul aholisi optik tola orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ulanmoqda

Mamlakatimizda aholini sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda “O‘zbektelekom” AK tomonidan respublikaning eng olis hududlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

03.02.2022

AKT vaziri Jizzax viloyatidagi “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 2-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatiga xizmat safari doirasida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ Qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar faoliyati bilan tanishdi.

02.02.2022

“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan dasturdan kelib chiqib, aholiga sifatli telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni ko‘rsatish asosiy vazifa qilib belgilandi (RASMIY BAYONOT)

Bugun, 1-fevral kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida hamda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ko‘rsatilgan vazifalarni muddatda ijro etish va sifatli bacharish masalalari bo‘yicha soha korxona va tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar uchun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

01.02.2022

Toshkent va Namangan viloyatlaridagi yangi IT-maktablar uchun kompyuter texnikalari yetkazildi

Toshkent hamda Namangan viloyatlarida yangi tashkil etilgan IT-maktablar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kompyuter texnikalari topshirildi.

01.02.2022

Namangan viloyatidagi olis mahallalardan biri yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani markazidan 20 kilometr masofada joylashgan “Qo‘g‘ayo‘lmas” mahallasiga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i kirib keldi.

31.01.2022

Respublikaning bir nechta hududlarida IT-maktablar uchun kompyuter texnikalari yetkazib berildi

Toshkent shahri, Qashqadaryo, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida yangi tashkil etilgan IT-maktablar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kompyuter texnikalari topshirildi.

31.01.2022