Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Taxtako'pir tumanidagi chekka ovul aholisi optik tola orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ulanmoqda
    03.02.2022

    Mamlakatimizda aholini sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda “O‘zbektelekom” AK tomonidan respublikaning eng olis hududlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

    Jumladan, kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan 2022-yilning yanvar oyi davomida Nukus shahar markazidan 126 kilometr, tuman markazidan esa 16 kilometr uzoqlikda joylashgan “Janadarya” OFY hududidagi 100 dan ziyod xonadonlar GPON texnologiyasi asosida internet tarmog‘iga ulanmoqda.

    So‘nggi ikki oy mobaynida hududga 14 kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyasi yotqizilib, 1024 ta  abonentga mo‘ljallangan OLT qurilmasi o‘rnatilgan.

    Aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida 2021-yilda 3 500 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilib, sifatli xizmat ko‘rsatilgan.

    Manba: Axborot xizmati