Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Parkda yosh dasturchilar uchun “Coding Monday” tadbiri bo‘lib o‘tdi
    03.02.2022

    IT Park Toshkent filialida yosh va iqtidorli dasturchilar uchun “Coding Monday” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir asosan IT dasturchilari uchun tashkillashtirilib, uning maqsadi bilim va tajriba almashish, ITning turli yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi mutaxassislar bilan tanishish, shuningdek, IT markazlar talabalariga loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar berishdan iboratdir. 

    Tadbirda Moskva, Berlin, Toshkent shaharlaridan qatnashgan malakali mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi. 

    Shu bilan birga, “Mobil ilovalarning xavfsizligi: xavfsiz serverlarni moslashtirish hamda Android ilovalarning zaifliklari”, “Xakerlik orqali qanday qilib pul topish va yo‘qotish mumkin”, “Blazor va NET platformasi. WEB ilovalari evolyutsiyasi”, “Mavjud bo‘lgan muammolar va ularni optimallashtirish” kabi dolzarb mavzularda suhbat qilindi.

    Manba: Axborot xizmati