Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent va Namangan viloyatlaridagi yangi IT-maktablar uchun kompyuter texnikalari yetkazildi
    01.02.2022

    Toshkent hamda Namangan viloyatlarida yangi tashkil etilgan IT-maktablar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kompyuter texnikalari topshirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 4851 – son qarori qabul qilingan edi.

    Unga muvofiq, Toshkent viloyatida 8 ta (Parkent tumani 8-son, Piskent tumani 5 son, Nurafshon shahar 9 son, Angren shahar 4 son, Oxangaron shahar 2 son, Chirchiq shahar 14 son, Bo‘stonliq tumani 2 son, Yangiyo‘l shahar 8 son) “Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab”lar tashkil etilib, mazkur maktablar moddiy texnik bazasini mustaxkamlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 128 dona zamonaviy kompyuter qurilmalari taqdim etildi.

    Shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumani 40-son, Chortoq tumani 8-son, Uychi tumani 22-son, Uchqo‘rg‘on tumani 2-son, Norin tumani 34-son va Chust tumani 6-son umumta’lim maktablariga 96 dona zamonaviy kompyuterlar (monobloklar) topshirildi.

    Tashkil etilgan maktablar shahar va tuman hokimliklari tomonidan zamonaviy talablar asosida ta’mirlangan bo‘lib, xar bir maktabda o‘quvchilar chuqurlashtirilgan darslar asosida o‘qitilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati