Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Jizzax viloyatidagi “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi
    02.02.2022

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 16-18-dekabr kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgandi.

    Shu bois, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiyaning Seul shahrida Koreyaning “Global Optical Communication Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

    Uchrashuv chog‘ida tomonlar optik tolali mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi.

    Shu munosabat bilan, bugun, 2-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatiga xizmat safari doirasida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ Qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    “GOC-UZ” yangi ishlab chiqarish korxonasi nafaqat O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini xorijiy valyutaga sotib olingan mahsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal etibgina qolmay, balki yuzdan ortiq kishilarni, shu jumladan, Jizzax shahridagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ham ish bilan ta’minlaydi.

    Optik tolali kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ Qo‘shma korxonasiga 2019-yil oktabr oyida “O‘zbektelekom” AK va Janubiy Koreyaning “Global Optical Communication Co. Ltd.:” va Uni Asset Global Co. Ltd.” kompaniyalari bilan birgalikda asos solingan.

    2020-yilda birinchi bosqichda “Global Optical Communication Uzbekistan” QKning “Jizzax” EIZdagi mavjud binosida Koreya, Yaponiya va Xitoy kompaniyalarining zamonaviy uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

    Ayni paytda “Optik-tolali aloqa kabellari ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi “Global Optical Communication Uzbekistan” MChJ QK tomonidan 2 ta bosqichda amalga oshirilmoqda:

    •  Qo‘shma korxonaga “O‘zbektelekom” AKning ulushi sifatida kiritilgan “Jizzax” EIZ hududidagi 1,6 gektar maydon va undagi ishlab chiqarish bino-inshootlarida uskunalar keltirildi va o‘rnatildi. O‘rnatilgan uskunalar yiliga import o‘rnini bosuvchi 20 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarish boshlangan edi.

    •   Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashining 2020-yil 25-yanvardagi qaroriga ko‘ra, “Jizzax” EIZ hududidan belgilangan tartibda qo‘shimcha 4,5 ga yer maydoni ajratilgan. Ushbu maydonda import o‘rnini bosuvchi 30 ming kilometr optik tolali aloqa kabeli chiqarish quvvatiga ega kompleks qurilib, ishga tushirildi.

    Bugungi kunga kelib, qo‘shma korxona tomonidan 50 ming kilometr optik-tolali aloqa kabeli ishlab chiqarilmoqda.

    Soha rahbari korxona mutaxassislari bilan ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, ularni mahalliy hamda tashqi bozorga chiqarish yuzasidan suhbatlashdi. Shu bilan birga, korxonada mehnat qilayotgan yosh xodimlar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati