Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand turizm markazini sifatli telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash masalalarini o‘rgandi
    03.02.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand turizm markaziga bordi. 

    AKT vaziri Sh. Shermatov markazda amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

    Qurilayotgan markaz turistik xabga aylanib, bu yerda xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun ham keng sharoit yaratiladi. Samarqand turizm markazini 2022-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Aholi va mehmonlarga qulaylik yaratish uchun Markazda axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish doirasida AKT vazirligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

    Jumladan, obyektlar yuqori tezlikdagi uzluksiz Internet va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro telefon aloqasi bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, Samarqand turizm markazigacha bo‘lgan 5 kilometr masofada aloqa tarmoqlarini qurish ishlari bajarildi. 

    Markaz kompyuter va nusxa ko‘chirish uskunalari, proyektorlar va ekranlar, shuningdek, zarur boshqa maxsus uskunalarni ajratishda, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kompyuterlar, Wi-Fi va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.

    Shuningdek, Samarqand shahrida 41,5 kilometr aloqa tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. Hozirgi kunda Samarqand shahrida aloqa tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatiga asosan 39,32 kilometr uzunlikdagi aloqa kanallari qurildi.

    Uchrashuv davomida AKT vaziri Sh. Shermatov amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar bilan yaqindan tanishib,  ular yuzasidan topshiriqlar berdi. Shu hududda mobil alоqa sifatini yanada yaxshilash va aholiga qulayliklar yaratish  maqsadida mobil tayanch stansiyalarini o'rnatish va barcha mobil aloqa opetorlarini sifatli ishlashini ta’minlash bo'yicha vazifalar belgilab berildi. 

    Manba: Axborot xizmati