Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan dasturdan kelib chiqib, aholiga sifatli telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni ko‘rsatish asosiy vazifa qilib belgilandi (RASMIY BAYONOT)
    01.02.2022

    Bugun, 1-fevral kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida hamda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ko‘rsatilgan vazifalarni muddatda ijro etish va sifatli bacharish masalalari bo‘yicha soha korxona va tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar uchun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

     Yigilishni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov o‘tkazdi.

    Mazkur Farmonda  Axborot texnologiyalari vazirligiga telekommunikatsiya infratuzilmasi, elektron hukumat, IT-industriyani rivojlantirishga oid 42 dan ziyod (14 ta bo‘yicha asosiy ijrochi va 28 ta tadbir bo‘yicha hamijrochi), vazirlik va idoralarga esa 40 dan ziyod sohaga oid vazifalar belgilangan.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, “Davlatimiz Rahbari tomonidan AKT sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Operatorlar, provayderlar va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator imtiyozlar berildi.

    2025 yil 1 yanvarga qadar boshqa xizmatlar bilan bir qatorda kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilandi. 2022 yil 1 yanvardan mobil aloqa operatorlari uchun mobil aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi10 foiz etib o‘rnatildi, natijada  mablag‘larni raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirishga yo‘naltirish imkoniyatlari yaratildi. 2022 yil 1 apreldan boshlab qishloq joylardagi antenna-machtalar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etildi. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan raqamli infratuzilmasini joriy etish loyihalari doirasida olib kiriladigan texnologik uskunalar va qurilmalar bojxona boji to‘lovlaridan ozod etildi. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota spektridan birgalikda foydalanish huquqi berildi. Davlatimiz rahbari shuncha imkoniyat yaratib bergandan keyin, aholiga sifatli va zamonaviy telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni ko‘rsatish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni shu masalaga qaratishimiz kerak.”dedi AKT vaziri Sherzod Shermatov.

    Xususan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida 2022-yil yakuniga qadar optik tolali aloqa kabellarini 170 ming kilometrga yetkazish, keng polosali portlar umumiy sonini 4,3 millionga yetkazish, xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini 50 foizini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash, mobil aloqa stansiyalarini umumiy sonini 42 mingtaga yetkazish, hududlararo magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish (viloyatlar darajasida 600 Gbit/s, tumanlar darajasida - 60 Gbit/s.), xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 3 200 Gbit/s ga yetkazish rejalashtirilgan.

    2026-yil yakuniga qadar dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobar, ularning eksportini esa 10 barobar oshirib, 500 million AQSH dollariga yetkazish, jumladan, 2022-2026-yillarda respublika miqyosida 14 ta masofaviy xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Yuqori malakali IT kadrlarni tayyorlash doirasida esa ingliz va boshqa tillarda muloqot qilish qobiliyatiga ega 4 ming nafar yoshlar o‘qitiladi.

    Uchinchidan, elektron hukumatni rivojlantirish yo‘nalishida Elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish, “Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida aholi bilan hujjat almashish va ish yuritishning 90 foizdan ortig‘ini raqamlashtirish, “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish kabi loyihalar belgilangan.

    Vazirlikning hududiy boshqarmalar Vazirlik markaziy apparatidagi mas’ul boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikda ustuvor loyihalar va vazifalarni samarali va belgilangan muddatda ijro etish topshiriqlari berildi. 

    Manba: Axborot xizmati