Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Bo‘stonliqdagi maktabda IT sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

04.04.2022

Nokia rahbariyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 1-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Nokia Solutions and Networks” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi vakolatxonasi rahbari Massimiliano Volpe bilan uchrashdi.

01.04.2022

“O‘zbektelekom” AK faoliyatida boshqaruv axborot tizimlarini kengroq joriy etish orqali ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo'yicha vazifalar belgilab berildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK “UzMobile” filiali faoliyati bilan tanishganidan so‘ng “O‘zbektelekom” AK mutasaddilari bilan birga kompaniyaning Bosh kommutatsiya markazida olib borilayotgan ishlar va xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

01.04.2022

Xodim va mijozlarga qulay sharoit yaratilishi sohani barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi

Bugun, 1-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK filialining Toshkent shahridagi “UzMobile” yangilangan ofisiga tashrif buyurdi.

01.04.2022

TATUda o‘quv jarayonlarini jahon standartlariga mos ravishda amalga oshirish bo‘yicha KOICA bilan samarali hamkorlik olib borilmoqda

Bugun, 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” loyihasining yakunlanishi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

31.03.2022

AKT vazirligi tomonidan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi” tantanali tadbiri va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun, 31-mart kuni Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” tantanali tadbir tashkil etildi.

31.03.2022

Toshkent shahridagi Amity universitetida xotin-qizlar uchun IT kurslar o‘z ishini boshladi

Toshkent shahridagi Amity universitetida xotin-qizlar uchun bepul uch oylik “Intensiv WEB-FULLSTACK” kurslariga start berildi. Mazkur kursning asosiy maqsadi — qizlar va ayollarga zamonaviy texnologiyalar haqida bilim berish, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, mobil ilovalar va veb-saytlar yaratish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat.

30.03.2022

ERASMUS+ dasturi bo‘yicha loyihada TATU o‘qituvchilari ishtirok etdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchilari ERASMUS+ dasturi doirasida DECIDE loyihasida ishtirok etishdi va maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi.

30.03.2022

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari jamoalari хakatonda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari (“EduCheck” va “Hashar” jamoalari aʼzolari) 54 soatlik Swtashkent_official xakatonida ishtirok etishdi.

30.03.2022

“UZINFOCOM” Yagona integratori mutaxassislari Farg‘onada yoshlar bilan uchrashdi

IT Park Fargʻona filialida “UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ vakillari ishtirokida yoshlar bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtdi.

30.03.2022