Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari jamoalari хakatonda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
    30.03.2022

    Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari (“EduCheck” va “Hashar” jamoalari aʼzolari) 54 soatlik Swtashkent_official xakatonida ishtirok etishdi.

    Unda EduCheck jamoasi Computer Vision texnologiyasidan foydalangan holda talabalarning davomatini avtomatlashtirish uchun startapni amalga oshirdi. Ular 11 ta startap orasida birinchi o‘rinni egalladi.

    Ishtirokchilar o‘z startapini Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv jarayoniga joriy etishni, shuningdek, kelajakda tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

    “Hashar” loyihasi “Ijtimoiy mas’uliyat” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

    Jamoa yollanma ishchilar xizmatlari bozorini avtomatlashtirish g‘oyasini ilgari surdi. Ular mobil ilovani yaratdilar, unda ish beruvchilar o‘z uylarida turib, qulay bo‘lgan holda eng yaqin ishchi bilan bog‘lanishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ular ishchilarni reyting bo‘yicha saralash imkoniyatiga ega.

     

    Manba: Axborot xizmati