Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xodim va mijozlarga qulay sharoit yaratilishi sohani barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi
    01.04.2022

    Bugun, 1-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK filialining Toshkent shahridagi “UzMobile” yangilangan ofisiga tashrif buyurdi.

    Tadbirlar davomida ofis bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi o‘tkazildi va xizmat ko‘rsatish tartibi tushuntirildi. AKT vaziri zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilingan savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi faoliyati bilan tanishdi. Ofis Eco Hi-tech uslubida ishlab chiqilgan va abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov ofis xodimlari bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Har bir xodimning mehnat faolligi va samaradorligini oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarning muhimligini, bu nafaqat kompaniya ravnaqi, balki butun sohani rivojlantirishga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

    Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK tomonidan butun mamlakat bo‘ylab sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida ko‘plab shaharlarda kompaniyaning yangilangan ofislari o‘z eshiklarini ochdi. Yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini rekonstruksiya qilish loyihasining asosiy vazifasi – qulay ofislar qurish orqali kompaniya abonentlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir. Endilikda ular kompaniyaning barcha xizmatlarini bir joyning o‘zida tez va qulay tarzda olishlari mumkin.

    Shuningdek, tashrif davomida “O‘zbektelekom” AK filiali “UzMobile” kompaniyasining so‘nggi uch yildagi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda infratuzilmani modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov AKT sohasini kelgusida rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha o‘z takliflari bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati