Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda o‘quv jarayonlarini jahon standartlariga mos ravishda amalga oshirish bo‘yicha KOICA bilan samarali hamkorlik olib borilmoqda
    31.03.2022

    Bugun, 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” loyihasining yakunlanishi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari qatnashdi.

    Unda “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” loyihasi doirasida amalga oshiriltgan ishlar bo‘yicha natijalar ko‘rib chiqildi. Loyihaning maqsadi TATU va uning Samarqand filialida ta’lim jarayonini boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobiga ta’lim va boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.

    Loyicha bo‘yicha TATU va uning Samarqand filialida ma’lumotlar markazlari ish boshladi. Universitet raqamli kutubxonasining 2 ta xonasi yangi kompyuterlar bilan jihozlandi, 3 ta namunaviy ma’ruza xonalari va 1 ta kompyuter sinfi tashkil etildi.

    KOICA agentligining beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan KUKMIN koreyalik universiteti bilan hamkorlikda “TATUda Global IT-biznes ta’lim yo‘nalishini ochish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantiruvchi FABLAB tashkil etish” loyihasi 2022 yilda moliyalashtiriladigan loyihalar ro‘yxatiga kiritildi. Mazkur loyihani 2022-2025 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

    Uchrashuv so‘ngida hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati