Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ERASMUS+ dasturi bo‘yicha loyihada TATU o‘qituvchilari ishtirok etdi
    30.03.2022

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchilari ERASMUS+ dasturi doirasida DECIDE loyihasida ishtirok etishdi va maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi.

    DECIDE loyihasi alohida ehtiyoji bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqini qo‘llab-quvvatlash, alohida ehtiyojli kishilarga nisbatan kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan.

    Loyiha tashabbuskori va koordinatori Ruminiyaning Brasov shahridagi Transilvaniya universitetidir. Ushbu loyiha O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikistondagi 14 ta universitetda, shuningdek, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Gretsiyadagi to‘rtta Yevropa universitetida amalga oshirilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati