Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi tomonidan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi” tantanali tadbiri va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi
    31.03.2022

    Bugun, 31-mart kuni Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!”  tantanali tadbir tashkil etildi.

    Unda AKT vazirligi rahbariyati ishtirok etdi. Shu bilan birga, respublika bo‘yicha faoliyat olib borayotgan AKT vazirligi tizimdagi tashkilot va korxonalari rahbar va xodimlari ham qatnashdi.

    Tadbir ko‘tarinki ruhda boshlanib, yig‘ilganlarga bir olam taassurotlar taqdim etdi.

    Dastlab AKT vaziri Sh. Shermatov so‘zga chiqib, vazirlik va tizimdagi tashkilot va korxonalarda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni, jonkuyar va mehnatsevar xizmatchilarni bayram bilan samimiy qutladi.

    Shuningdek, AKT vaziri Sh. Shermatov fidoyi ustozlarni, barcha yoshi katta ulug‘ insonlarni tabriklab, boshlanayotgan yilimiz qutlug‘ kelishini va hosilimiz mo‘l bo‘lishini tiladi.

    Tadbir davomida Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan tizimdagi OTM bitiruvchi-talabalari o‘rtasida vakant ish o‘rinlari bo‘yicha “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”, “Folklor jamoalari”ning chiqishlarining chiqishlari, shuningdek, “IT Women” xotin-qizlar loyihalari ko‘rgazmalari va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etildi.

    Shundan so‘ng AKT vaziri vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bilan yaqindan tanishdi. TATU imkoniyati cheklangan talabalar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

    Tadbir doirasida vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan “Eng yaxshi milliy liboslar ko‘rgazmasi”, “Eng yaxshi milliy taomlar ko‘rgazmasi”, “Eng yaxshi ko‘rgazma” mukofotlarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

    Folklor-etnografik ansambllarning milliy aytishuv va qadimiy qo‘shiqlari yangrab, karnay-surnay sadolari yoshu keksani birday quvontirdi.

    Marosim davomida yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillarining Navro‘zni nishonlashga oid urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarni aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, she’riy-musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy atlas va adras liboslari, turli millat xalq hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

    Viloyatdagi turli millat vakillarini o‘z atrofida jamlagan milliy madaniyat markazlari ham bayram tadbirlarida o‘z dasturlari bilan qatnashdi.

    Shundan so‘ng bayramning musiqali dasturi boshlandi hamda tadbir quy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

     

    Manba: Axborot xizmati