Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bo‘stonliqdagi maktabda IT sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
    04.04.2022

    Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Ochilish marosimida o‘quvchilar amaliy mashg‘ulot orqali qisqa vaqt ichida o‘rgangan bilimlarini yig‘ilganlarga taqdim etishdi. O‘quvchilarning mustaqil ravishda bajargan ishlari birinchi vazir o‘rinbosari va tuman hokimi tomonidan yuqori baholadi.

    Manba: Axborot xizmati