Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

TATU Nukus filiali talabasi “Yil volontyori” bo‘ldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining Kompyuter injiniring fakultetida tahsil olayotgan Raxat Jangabaev «Biz birgamiz» shiori ostida ótkazilgan III Volontyorlar forumida forumida  qatnashib, “Yil volontyori” bo‘ldi.

21.12.2021

O'zbekiston va Koreya: AKT sohasida strategik sheriklik

2021-yil 21-dekabr kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 257-sonida “Узбекистан-Корея: стратегическое партнерство в сфере ИКТ” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida samarali hamkorlik olib borish doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 

 

21.12.2021

AKT vaziri "Toshkent yoshlar forumi-2021" doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Bugun 20-dekabr kuni, Tashkent City Congress Hallda "Toshkent yoshlar forumi-2021" o‘z ishini boshladi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. O‘z ma’ruzasida soha rahbari AKT yo'nalishida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va  istiqboldagi vazifalar  to‘g‘risida so‘zladi.

20.12.2021

Samarqand viloyatida navbatdagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan IT maktab o’z faoliyatini boshladi

Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi 56-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Tuman hokimligi, jamoatchilik vakillari, maktab o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etdilar.

18.12.2021

Chet eldagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari IT Park faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 17-dekabr kuni, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida (IT Park) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish rahbariyati chet eldagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

17.12.2021

AKT vazirligi rahbariyati Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo’stlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konferensiyada ishtirok etdi

Bugun, 17-dekabr kuni Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning aloqa ma’muriyatlari boshliqlarning ishtirokida tantanali videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

17.12.2021

O‘zbekiston va Qirg‘iziston: AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 17-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

17.12.2021

Samarqand viloyatida hamshiralarning AKT sohasidagi malakasi oshirildi

Samarqand viloyatining hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalari o‘quv markazlarida jami 260 nafar hamshiralarning axborot texnologiyalari hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasi oshirildi.

17.12.2021

Ucell yangi CRM va billing tizimiga o‘tdi

Ikki yildan oshiq davom etgan murakkab loyiha yakunlandi va uni amalga oshirishda O‘zbekiston va Rossiyadan mutaxassislar jalb etildi. Natijada kompaniya mijozlar bilan aloqalar va hisob-kitoblarni boshqarishning yangi tizimiga ega bo‘ldi.

17.12.2021

Namangan viloyatida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat boshlaganiga bir yil bo‘ldi

Namangan viloyatidagi IT markazlarning tashkil etilganligining bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

16.12.2021