Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi rahbariyati Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo’stlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konferensiyada ishtirok etdi
    17.12.2021

    Bugun, 17-dekabr kuni Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning aloqa ma’muriyatlari boshliqlarning ishtirokida tantanali videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Tantanali videokonferensiyani Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo’stlikning aloqa ma’muriyatlari boshliqlari Kengashining raisi, Rossiya Federatsiyasining Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev ochib berdi. Hamdo‘stlik raisi ta’kidlaganidek, Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik xalqaro maydonda obro‘ qozonib, mintaqaviy tashkilot sifatida Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi va Umumjahon Pochta Ittifoqi tomonidan tan olingan.

    Tantanali tadbir doirasida hamdo‘stlikning 30 yil ichida amalga oshirilgan faoliyati natijalari, yaqin oradagi istiqbollari bo‘yicha strategik yo‘nalishlar muhokama qilindi.

    Tadbir yakunida Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stligining  a’zo davlatlarining aloqa ma’muriyatlari boshliqlari barcha qiziqish bildirgan davlat va xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv hamkorlik olib borishga tayyorligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati