Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyatida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat boshlaganiga bir yil bo‘ldi
    16.12.2021

    Namangan viloyatidagi IT markazlarning tashkil etilganligining bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyatdagi IT kompaniyalar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    Ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘tgan davr mobaynida 5 ming nafardan ziyod yoshlar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida tahsil oldi. 2021-yil davomida 8 ta IT-kompaniya IT Park rezidentrligiga qabul qilindi.

    Tadbirda onlayn tarzda ishtirok etgan IT Park rahbariyati yosh dasturchilarni tarbiyalashda Namangan viloyatining respublikada yetakchilardan biri bo‘lganligini ta’kidladi.

    Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha shahar va tumanlardagi IT-markazlari mas’ullari taqdirlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati