Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chet eldagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari IT Park faoliyati bilan tanishdi
    17.12.2021

    Bugun, 17-dekabr kuni, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida (IT Park) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish rahbariyati chet eldagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Uchrashuv chog‘ida сhet eldagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari IT Park faoliyati va IT-kompaniyalar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdi.

    Uchrashuvda ta’kidlaganidek, bugun O‘zbekistonda IT tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy normativ-huquqiy baza barpo etilgan, qator soliq va bojxona imtiyozlar taqdim etilgan, respublika bo‘ylab zamonaviy infratuzilmaga ega IT parklar tashkil etilmoqda. Yurtimizda malakali IT kadrlarning yetarli ravishda mavjudligi ham muhim afzalliklaridan biridir.

    Bu esa, o‘z navbatida, IT bozorini rivojlantirishga turtki berdi. Xususan, 2019-yilda IT Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan IT mahsulot va xizmatlarning eksporti 6,2 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda mazkur ko‘rsatqich 16,4 million dollargacha o‘sdi. 2021-yilning birinchi yarmi bo‘yicha eksport hajmi 17 million dollarni tashkil qilib, joriy yilning oxirigacha mazkur ko‘rsatqichni 40 million dollargacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

    Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston IT bozoriga xorijiy investorilarni jalb qilish, IT Park rezidentlari xorijiy IT kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari mihokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati