Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida navbatdagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan IT maktab o’z faoliyatini boshladi
    18.12.2021

    Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi 56-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Tuman hokimligi, jamoatchilik vakillari, maktab o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etdilar.

      O’tgan davr mobaynida Samarqand viloyatida 5 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan bo’lib, ushbu maktab oltinchisi hisoblanadi.

      Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda 2 ta informatika, robototexnika sinfxonalari va raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o`quvchilariga informatika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyatini beradi.

    Manba: Axborot xizmati