Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ucell yangi CRM va billing tizimiga o‘tdi
    17.12.2021

    Ikki yildan oshiq davom etgan murakkab loyiha yakunlandi va uni amalga oshirishda O‘zbekiston va Rossiyadan mutaxassislar jalb etildi. Natijada kompaniya mijozlar bilan aloqalar va hisob-kitoblarni boshqarishning yangi tizimiga ega bo‘ldi.

    Ushbu yangi billing tizimi kompaniya uchun bozorga yangi mahsulotlarni olib kirish vaqtini qisqartirishda yordam beradi- abonentlar moslashuvchan, raqobatbardosh mahsulotlarga, shuningdek, xizmatlarning milliy valyutadagi tarifikatsiyasi va multivalyuta tarifikatsiyasi xizmatlariga ega bo‘ladi.

    Yangi billingga o‘tish uchun avvalgi eskirgan axborot texnologiya tizimlarini optimallashtirish va almashtirish, billing dasturiy taʼminotining faqat bir yetkazib beruvchi apparat majmuiga bog‘liq bo‘lishidan voz kechildi.

    Yangi tizimga ulanish natijasida, kompaniya qator imtiyozlarga, ya’ni:

    • MNP-mobile number portability - mobil telefon raqamlarini olib yurish imkoniyati; 
    • O‘zbekistondan tashqarida tezkor internetga ulanish tarifikatsiyasi, LTE rouming imkoniyati;
    • 5G texnologiyasi bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar tarifikatsiyasi;
    • oldindan to‘lov asosida xizmat ko‘rsatish abonentlari daromadlari bo‘yicha hisobot shakllantirish imkoniyatlarga ega bo‘di.

     

    Yangi billing tizimi imkoniyatlari abonentlar talablarini qondirishga yanada moslashish, keng qamrovdagi mijozlarga yo‘naltirilgan yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Yangi billingni ishga tushirish orqali kompaniya yangi tarif rejalarini yo‘lga qo‘yish va ularning o‘zgarishlarini bozor talablariga javob bergan holda, tezroq qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Shu bilan birga, Ucell mijozlar bilan aloqani boshqarishning to‘laqonli tizimiga ega bo‘ldi va bundan keyin butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab abonentlar bilan yanada samaraliroq muloqotni yo‘lga qo‘ya oladi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati