Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston: AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
    17.12.2021

    Bugun, 17-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov ishtirok etdi.

    Uchrashuv chog‘ida ikki davlatlar o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

     Yig'ilishda, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollarga ega bo‘lishi ta‘kidlandi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Qirg‘iziston oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati