Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

AKT vaziri Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 15-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.

15.04.2022

IT xizmatlar sifati va qamrovini oshirish vazifasi qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar va joriy yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

14.04.2022

Yig‘ilishda barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining xavfsizlik darajasini o‘rganishga ko‘rsatma berildi

Bunda, birinchi yarim yillikda davlat idoralaridagi 50 ta, yil yakuniga qadar yana 120 ta axborot tizimlari tanqidiy ko‘rib chiqiladi.

14.04.2022

Prezident “O‘zbektelekom” AKni transformatsiya qilish masalasiga to‘xtaldi

Joriy yilda kompaniyaning  operatsion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta’minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

14.04.2022

Telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishida ham qator vazifalar belgilab berildi

Davlatimiz rahbari telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yil yakuniga qadar:

14.04.2022

Birinchi yarim yillikda 30 ta, yil yakunigacha 40 ta davlat xizmatlarini yagona portalga kiritish vazifasi qo‘yildi

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishni qat’iy nazorat qilib borishga ko‘rsatma berildi

14.04.2022

Yil davomida hududlarda bir nechta masofaviy xizmatlar markazlari tashkil etiladi

Yig‘ilishda birinchi yarim yillikda 6 ta (Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan), yil yakunigacha yana 8 ta masofaviy xizmatlar markazini tashkil qilib, xorijdan buyurtmalar olishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

14.04.2022

“Har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga mas’ul o‘rinbosari AKT vaziriga bo‘ysunadi”

“Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat o‘z tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shug‘ullanishi shart”, – dedi Prezident.

14.04.2022

Prezident yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab o‘tdi

Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.

14.04.2022